Arteta: Jamoamdan faxrlanaman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-09-2024, 12:57
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Siti"ga qarshi (2:2) APL doirasidagi o‘yin natijalarini sarhisob qildi.

"Men juda faxrlanaman. Teng sharoitlarda ajoyib o‘ynadik. Oldimizda qiyin vazifa turgan edi – "Siti" bu yerda qatorasiga qirqta o‘yinda mag‘lub bo‘lmagani bejiz emas.

Keyin o‘n nafar o‘yinchi bilan 55 daqiqa o‘ynashga majbur bo‘ldik. Futbolchilar xarakter ko‘rsatishdi va men ular bilan nihoyatda faxrlanaman.

Albatta, 99-daqiqada g‘alabani qo‘ldan boy berganimizdan xafaman, ammo bugungi o‘yinimizdan  faxrlanmasdan ilojim yo‘q", dedi Arteta.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati