Milan futbolchisi ilk bor Italiya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-09-2024, 12:51
"Milan" markaziy himoyachisi Matteo Gabbiya tez orada Italiya terma jamoasida debyut qilishi mumkin.

24 yoshli futbolchi yaqinda bo‘lib o‘tgan Milan derbisi qahramoniga aylandi: aynan u 89-daqiqada hal qiluvchi golni "Inter" darvozasiga yo‘llab, "rossonerilar"ga uzoq kutilgan g‘alabani keltirdi (2:1). Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, ushbu o‘yinni Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Luchano Spaletti kuzatgan. Mutaxassis bu bahsda hali terma jamoaga biror marta chaqirilmagan Gabbiyani alohida kuzatdi.

Markaziy himoyachi "Milan" safida 79 ta o‘yinda 5 ta gol urgan. 2019-2021 yillar oralig‘ida Matteo Gabbiya Italiya yoshlar terma jamoasi safida yettita o‘yin o‘tkazdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati