La Liga darvozaboni ter Shtegen o‘rnini egallashi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 12
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-09-2024, 12:50
"Barselona" jarohati sabab safdan chiqqan Mark-Andre ter Shtegenning o‘rniga o‘rinbosar qidirishni boshladi.

32 yoshli darvozabon yakshanba kuni "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat oldi. Turli manbalarning ta’kidlashicha, Ter Shtegen uchun mavsum yakunlangan bo‘lishi mumkin. Diario Sport xabariga ko‘ra, germaniyalik futbolchining o‘rniga nomzodlardan biri sifatida "Las-Palmas"dan Alvaro Valyes tanlangan. 27 yoshli ispaniyalik futbolchini "Barselona"da sotib olish imkoniyati qishki transfer oynasida paydo bo‘ladi.

Transfermarkt portali Valyesning narxini 12 million yevroga baholamoqda. Darvozabonning "Las-Palmas" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati