Toshkentdagi qulupnay operasiyasi: 500 million so‘mlik kelishuv qanday tugadi?
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 7
- Формат: mp4
- Дата релиза: 23-09-2024, 12:43
2023 yilning sentyabr oyida Rahmatjon Anvardan 21.400 AQSh dollari oldi. Bir hafta ichida ko‘chatlarning avval yarmisini, keyingi haftada qolgan pullar evaziga yarmini olib borishga kelishildi. Ammo bir hafta o‘tdiyamki, Rahmatjondan darak bo‘lmadi. Anvar uni yana tanish-bilishlari orqali qidira boshladi. Ammo ular ham Rahmatjonni topa olishmadi. Bu yerda bir shumlik borligini his qilgan Anvar Yunusobod tumani ichki ishlar organlariga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Mazkur jinoyat ishini Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi, leytenant S.Ahrorov olib bordi va uni qonunan nihoyasiga yetkazib, sudga oshirishga erishdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi ochiq sud majlisida Rahmatjonning qilmishlarini ko‘rib chiqib, uni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (“Firibgarlik”) bilan aybli deb topdi. Aybdorning qilmishiga pushaymonligi, aybiga iqrorligi, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni qoplaganligi, jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligini inobatga olib, mazkur kodeksning 57-moddasini qo‘llab, oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qildi.