Martinelli apreldan buyon ilk bor «Arsenal» safida golda ishtirok etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-09-2024, 12:42
«Arsenal» hujumchisi Gabriel Martinelli «Manchester Siti»ga qarshi APL 5-tur uchrashuvida Rikkardo Kalafyori uchun golli uzatmani amalga oshirdi.

Shu tariqa, 23 yoshli braziliyalik golsiz va golli uzatmasiz 18 o‘yindan iborat seriyasini to‘xtatdi. Martinelli oxirgi marta 2024 yilning 4 martida APLning 27-turida «Sheffild Yunayted»ga qarshi o‘yinda (6:0) gol urgan edi. O‘shan bahsda Gabriel gol urdi va Kay Xaversga assistentlik qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Martinelli 2019 yilda «Ituano»dan 7,1 million yevro evaziga «Arsenal»ga o‘tgandi. O‘shandan beri u 179 ta o‘yinda 41 ta gol urdi va 24 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati