• Главная
  • »
  • Salomatlik
  • »
  • Miya saratoni: Erta diagnostika — kasallikni muvaffaqiyatli davolashning eng asosiy sharti

Miya saratoni: Erta diagnostika — kasallikni muvaffaqiyatli davolashning eng asosiy sharti

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 7
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-09-2024, 12:34
Miya — inson organizmidagi eng murakkab a’zo. U fikrlash, so‘zlash, qaror qabul qilish va tana harakatini boshqarish kabi barcha hayotiy funksiyalarga mas’ul hisoblanadi. Shu sababdan unda paydo bo‘ladigan har qanday o‘zgarish butun organizm faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Ayniqsa, miya o‘smalari jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi bilan juda xavfli.

Xo‘sh, miya saratoni qanday kasallik? U qaysi belgilar bilan namoyon bo‘ladi?

Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori Ulug‘bek Asadullayev javob berdi.

— Miya saratoni – miya hujayralari yoki uning atrofidagi meningeal, bez va suyak to‘qimalarining patologik o‘zgarishi hisoblanadi, — deydi mutaxassis. — Ya’ni transformasiya natijasida g‘ayritabiiy hujayralar nazoratsiz bo‘linish jarayonini boshlaydi.

Bu esa sog‘lom to‘qimalarni siqib chiqaruvchi va intrakranial bosimni oshiradigan shish paydo bo‘lishiga olib keladi. Qolaversa, bosh suyagidagi cheklangan bo‘shliq sharoitidagi xavfsiz o‘simtalar ham o‘z vaqtida davolanmasa, nogironlik, hatto, o‘limga sabab bo‘lishi mumkin.

Miya saratoni – bevosita intrakranial to‘qimalarda o‘sishi yoki boshqa organda joylashgan o‘simta tomonidan tarqalgan metastazlar natijasida rivojlanadi.
Shuningdek, ular shakllanish joyiga ko‘ra gliomalar, miya membranalari to‘qimalarida rivojlanadigan meningiomalar, bosh suyagi nerv tolalari hujayralarida kelib chiqadigan nevromalar, gipofiz adenomalari, boshqa organlardan metastazlar va homiladorlik davrida rivojlanadigan dizembriogenetik neoplazma kabi bir qancha turlarga bo‘linadi.
Miya saratonining aniq sabablari hali ham noma’lum, ammo o‘smalarning rivojlanish ehtimolini sezilarli darajada oshiradigan ba’zi xavf omillari mavjud. Jumladan, nasliy moyillik, radiasiya, kanserogenlar, gormonal buzilish, virusli infeksiyalar va hokazo. Ular orasida yagona isbotlangan sababi radiasiyadir. Ushbu qo‘zg‘atuvchilar hujayralardagi genlar shikastlanishini keltirib chiqaradi va ularning mutasiyasiga olib keladi.
Bundan tashqari, hujayralarning yomon sifatliga aylanishiga shakar o‘rnini bosuvchi modda (aspartam), plastmassa ishlab chiqarishda foydalanilayotgan kuchsiz shirin hidli rangsiz gaz (xlorli vinil), ayniqsa, hozirgi kunda oziq-ovqatlarda ko‘p ishlatilayotgan sifatsiz palma yog‘lari ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ayrim o‘sma turlari genetik anomaliyalar bilan ham bog‘liq.
Qizig‘i shundaki, bosh miya – oliy nerv sistemasi bo‘lib, butun organizmni boshqaradi. Miya saratoni paydo bo‘lganda, dastlabki bosqichlarda alomatlar mahalliy bo‘lib, o‘simtaning joylashishiga qarab kasallik o‘zini namoyon qiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati