Kristal Pelas futbolchisiga APLning ikki klubi qiziqish bildirmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-09-2024, 14:38
Angliya terma jamoasi va "Kristal Pelas"ning markaziy himoyachisi Mark Gexiga Premyer-liganing ikki klubi qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Todofichajes portali.

Manbaning yozishicha, 24 yoshli futbolchini o‘z safiga "Liverpul" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirmoqda. Har ikki klub ham yozgi transfer oynasida Markni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rdilar, ammo bu amalga oshmadi.

"Qarg‘alar" Gexi uchun 70 million yevro taklif qilishdi, ammo rad javobini olishdi. Himoyachi "Kristal Pelas"da 2021 yilning iyulidan beri o‘ynab kelmoqda. Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida Geki uchta o‘yin o‘tkazdi va bitta sariq kartochka oldi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati