Rodri: Gvardiola boshqa murabbiylardan bir qadam oldinda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-09-2024, 14:30
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Ernandes bosh murabbiyi Pep Gvardiolani maqtadi. Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi 2019 yilning yozidan “Atletiko”dan ko‘chib o‘tganidan buyon “shaharliklar” safida o‘ynab kelmoqda.

"Gvardiola har doim bir qadam oldinda. U ma’lum bir o‘yinda nima bo‘lishi mumkinligini oldindan ko‘ra oladi. Xosep hech qachon erishgan yutuqlaridan to‘xtamaydi. Raqobatchilaringiz sizni doimo tahlil qiladi. Agar bir joyda tursangiz, ketma-ket to‘rtta Premyer-liga chempionligini qo‘lga kirita olmaysiz. Yo o‘zingni qayta ixtiro qil, yo o‘l" - dedi Rodri Players Tribune nashriga.

Rodri ayni damda oktyabr oyida topshiriladigan "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish favoritlaridan biri sanaladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati