Gyundogan kelgach Kovachich Manchester Sitini tark etishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-09-2024, 14:22
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Mateo Kovachich yaqin kelajakda jamoasini tark etishi mumkin. Football Insider nashri xabariga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchi Ilkay Gyundogan erkin agent sifatida "Barselona"dan "Manchester Siti" safiga qaytganidan so‘ng kerakli miqdordagi o‘yin amaliyotini olmasligiga ishonmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kovachich "Manchester Siti"da 2023 yilning yozidan "Chelsi"dan Londonga ko‘chib o‘tganidan beri o‘ynab kelmoqda. Mateo "Barselona"ga o‘tishga qaror qilgan Gyundoganning o‘rniga sotib olingandi.

Kovachichga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirayotgani avvalroq xabar qilingandi. Xorvatiyalik futbolchi APLning dastlabki 3 turida bitta gol urdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati