Bavariya direktori Musiala Oltin to‘pga nomzod emasligidan hayratda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-09-2024, 14:18
"Bavariya" Jamol Musiala "Oltin to‘p"ga nomzod bo‘lmaganidan hayratda.

"Oltin to‘p"ga nomzod bo‘lgan har bir futbolchidan xursandman, ammo biz "Bavariya"da Jamol Musiala ro‘yxatda yo‘qligidan hayratdamiz. Jamol Yevropa chempioatining eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘lib, turnirning ramziy terma jamoasiga kiritildi va eng yaxshi to‘purarlardan biriga aylandi. Qolaversa, Jamolning ajoyib o‘yinlari evaziga "Bavariya" Chempionlar ligasining yarim finaliga chiqdi.

Uning o‘tgan mavsumda kuchli 30 nafar futbolchiga ham kirmagani biz uchun mutlaqo tushunarsiz. Bizningcha, Jamol xalqaro futboldagi eng qiziqarli, mutlaqo istisno, noyob qobiliyatlarga ega futbolchilardan biri. Biz uning “Bavariya” va terma jamoa uchun qilayotgan ishlaridan juda faxrlanamiz" - dedi "Bavariya" direktori Maks Eberl DPA nashriga.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati