Suaresning xayrlashuv uchrashuvida Urugvay afsonalari, Neymar va Messi ishtirok etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-09-2024, 13:44
Urugvay terma jamoasi muxlislari Luis Suaresning so‘nggi o‘yinida xayrlashuv marosimini uyushtirishdi.

37 yoshli hujumchi terma jamoadagi so‘nggi o‘yinini JCH-2026 saralashi doirasida Paragvayga qarshi (0:0) o‘tkazdi.

Uchrashuv boshlanishidan avval "Sentenario" stadionidagi muxlislar "Luis abadiy" yozuvi tushirilgan ulkan bannerni osib, futbolchini butun o‘yin davomida qo‘llab-quvvatlab turishdi. Final hushtagi yangraganidan so‘ng muxlislar futbolchini chiroyli tarzda kuzatib qo‘yishdi.

Xayrlashuv marosimida terma jamoaning sobiq bosh murabbiyi Oskar Tabares hamda jamoaning sobiq sardorlari Diyego Lugano, Diyego Forlan va Diyego Godinlar ishtirok etishdi. Stadion ekranida Suares faoliyatidagi boshqa muhim shaxslar paydo bo‘ldi, ular orasida Lionel Messi va Neymar ham o‘zlarining xayrlashish tilaklarini bildirishdi.

“Inter Mayami” futbolchisi xalqaro faoliyatini Urugvay terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar sifatida yakunladi. Uning hisobida 143 ta o‘yin va 69 ta gol bor.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati