Manchester Siti tez orada Xoland bilan shartnomani uzaytiradi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-09-2024, 13:36
"Manchester Siti" tez orada hujumchi Erling Xoland bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. Marca nashri xabariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga yaqin.

Qayd etilishicha, Xoland tomoni futbolchining kelajakda "Real Madrid"ga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun shartnoma tuzishni so‘ragan.

Shu bois yangi shartnomada agar norvegiyalik futbolchi Manchesterni Madridga o‘zgartirmoqchi bo‘lsa, sotib olish summasini o‘z ichiga oladi.

"Real Madrid" rahbariyati ham Xolandning kelajakda o‘z jamoasi futbolchisiga aylanishiga ishonch bildirmoqda, ammo hozirda klub Kilian Mbappe transferi sababli hujumchi sotib olishi shart emas.

Norvegiyalik hujumchi va "shaharliklar" o‘rtasidagi amaldagi kelishuv 2027 yilgacha mo‘ljallangan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati