Yengil atletika. Zagrebdagi xalqaro musobaqada hamyurtimiz sovrindor bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-09-2024, 13:24
Xorvatiyaning Zagreb shahrida yengil atletika bo‘yicha “oltin” darajadagi xalqaro musobaqa o‘z yakuniga yetdi.

Ma’lum qilganimizdek, unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov ishtirok etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan yurtdoshimiz 7.99 metr natija qayd etdi. Ahamiyatlisi, oltin medalga ega chiqqan yamaykalik Shon Tompson ham xuddi shunday natija ko‘rsatgan. Biroq okean orti vakili ushbu masofani avvalroq zabt etgani uchun ustunlik Tompson tomonida bo‘ldi. Uchinchi o‘rin esa mezbon Roko Farkashga nasib etdi.

Shon Tompson (Yamayka) – 7.99 metrAnvar Anvarov (O‘zbekiston) – 7.99Roko Farkash (Xorvatiya) – 7.90.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati