Xalqaro mehnat tashkilotining yana bir konvensiyasi ratifikasiya qilinadi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 16
- Формат: mp4
- Дата релиза: 29-03-2024, 17:14
Shu maqsadga qaratilgan qonun Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, mazkur xalqaro konvensiya oilada majburiyatlari bo‘lgan xodimlar uchun teng imkoniyat va sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan.
Konvensiyaga qo‘shilgan mamlakatlar bunday xodimlarga nisbatan mehnat huquqlari sohasida kamsitishning oldini olish choralarini ko‘rish majburiyatini zimmasiga oladi.
Senatorlar milliy qonunchilikning Konvensiya qoidalariga muvofiqligini, uni ratifikasiya qilishdan kutilayotgan natijalar, shuningdek, uni keyinchalik implementasiya qilish mexanizmlarini atroflicha muhokama qildi.
Konvensiyaning ratifikasiya qilinishi milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishga, mehnat munosabatlariga oid talablarni, shu jumladan, xalqaro standartlarni samarali joriy etishga, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarda O‘zbekistonning ijobiy nufuzini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.