Farg‘onada yo‘l chetida turgan yuk mashinasiga urilgan mikroavtobus pachaqlanib ketdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-09-2024, 11:32
Farg‘ona viloyati Quva tumanida yuk mashinasiga urilgan mikroavtobus pachaqlanib ketdi.

Viloyat YHXB xabariga ko‘ra, holat 5 sentyabr kuni soat 11:20 larda Quva tumani hududidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona halqasi avtomobil yo‘lining 186-kilometrida sodir bo‘lgan.



Hyundai rusumli mikroavtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda ushbu holat yuzasidan Quva tumani Ichki ishlar boshqarmasi YHXB tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati