Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi aniq bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-09-2024, 09:46
O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning (34-9-2-2) navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.

Nursulton 26 oktyabr kuni Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 308 turnirida rossiyalik Rinat Faxretdinovga (22-1-1) qarshi jang qiladi.

Ma’lumot uchun Ro‘ziboyev UFC’da 3 ta jang o‘tkazib, uning 2 tasida muddatidan avval raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan. So‘nggi jangda u 83,9 kgda oktagonga ko‘tarilib, Xoakin Bakliga imkoniyatni boy berdi.

Navbatdagi jang yarim o‘rta vazn (77,1 kg)da bo‘lib o‘tadi. Faxretdinov UFC’da 5 ta jang o‘tkazgan va ularning 4 tasida g‘alaba va bir bor raqibi bilan murosa yo‘lini tanlagan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati