Morataning rafiqasi u bilan ajrashmoqchi emas

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-09-2024, 09:44
"Milan"ning ispaniyalik futbolchisi Alvaro Morataning rafiqasi Elis Kampello futbolchi bilan ajrashganidan keyin kelajak rejalari va ajralish haqida gapirdi.

"Ayni damda farzandlarim va men Madridda yashaymiz. Biz Italiyaga ko‘chib o‘tganimiz to‘g‘ri emas, biroq men tez orada Alvarodan unchalik uzoq bo‘lmagan Milanga ko‘chib o‘taman.

Biroq, men hali Milanda kvartira izlaganim yo‘q. Farzandlarim otalarini ko‘rishlarini xoxlayman.

Ajralish shartnomasi qanday bo‘ladi? Hozircha hech narsa muhokama qilinmayapti, biz hali hech narsa bo‘yicha kelishib olganimiz yo‘q, shoshayotganimiz yo‘q va menda hozircha boshqa ustuvorliklar bor.

Masalan, men farzandlarim bilan qayerda yashayman? Ammo shunisi aniqki, bu bahsli ajralish bo‘lmaydi.

Bizda bir xil advokatlar va ajoyib munosabatlar mavjud. Alvaro Morata bilan men baxtlimiz", - deya Kampelloning so‘zlarini keltiradi Marca.
Avvalroq, Kampello Italiyaga borishga qarshi ekanligini aytgandi. 

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati