Eron Rossiyaga qurol yetkazib berayotganini rad etdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 07-09-2024, 09:34
Eron tomoni mojarolarda qatnashayotgan tomonlarga, jumladan, Rossiyaga qurol yetkazib bermayotganini da’vo qilib, barcha davlatlarni bundan o‘rnak olishga chaqirdi.

Bu haqda Eronning BMTdagi doimiy vakolatxonasi bayonotida aytiladi.

“Eronning Ukrainadagi mojaro bo‘yicha pozisiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda, Eron mojaroda ishtirok etayotgan tomonlarga harbiy yordam ko‘rsatishni g‘ayriinsoniy deb hisoblaydi, bu qurbonlar sonining ko‘payishiga, infratuzilmaning vayron bo‘lishiga va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardan uzoqlashishga olib keladi”, deydi Eron diplomatik missiyasi.

“Shunday qilib, Eron nafaqat bunday harakatlarda ishtirok etishdan o‘zini tiyadi, balki boshqa davlatlarni mojaroga aloqador tomonlarga qurol yetkazib berishni to‘xtatishga chaqiradi”, deyialdi bayonotda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati