JSST maymunchechakka qarshi global kurashni olti oy davomida 290 million dollarga baholamoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 07-09-2024, 08:52
JSST mpox uchun global strategik tayyorgarlik va javob rejasini yangiladi. Hujjat joriy yilning 26 avgustida e’lon qilingan va 135 million dollar miqdorida moliyalashtirishni nazarda tutgan.
Qayd etilishicha, 2024 yil sentyabridan 2025 yil fevraligacha bo‘lgan davrda milliy javob choralarini xalqaro qo‘llab-quvvatlash uchun 290 million dollar miqdoridagi mablag‘ kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, 4 million doza vaksinani sotib olish xarajatlari bu miqdorga kiritilmagan. JSST har chorakda strategiya, reja va resurslarga bo‘lgan talablarni ko‘rib chiqish va tuzatishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi «RIA Novosti» .