15 yoshli Shahina Yigitaliyeva Paralimpiya o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi!

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 23:34
Hozirgina para yengil atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida F46 klassida nayza uloqtirish dasturida final bahsi yakunlandi.

Quvonarlisi, ushbu yo‘nalishda yurtimiz sharafini himoya qilgan Shahina Yigitaliyeva 43.12 metr natija bilan delegasiyamiz hisobiga navbatdagi kumush medalni taqdim etdi.

Qayd etish lozimki, Shahina Yigitaliyeva delegasiyamiz tarkibidagi eng yosh sportchi hisoblanadi. Iste’dodli para atletimiz 2008-yil 16-oktyabrda tavallud topgan.

Afsuski, ushbu yo‘nalishda qatnashgan yana bir vakilimiz Roziya Ergasheva 35.98 metr natija bilan 9-o‘rinni egalladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati