Tyon Kopmeyners: «Yuventus»ga g‘alaba uchun keldim»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 23:24
«Yuventus» yana bir yirik transferni amalga oshirdi: «Atalanta»da yangi darajaga ko‘tarilgan yarim himoyachi Tyon Kopmeyners 52+7 million yevroga sotib olindi.

Niderlandiyalik futbolchi o‘tgan mavsum Bergamo klubining «A» seriyadagi 34ta o‘yinida qatnashib, 12ta gol urishdan tashqari, 5 marta assistent rolini bajargandi. Shartnoma rasmiylashtirilganidan keyin «Yuventus» rasmiy kanali Tyonni darhol suhbatga chorladi.

- Tyon, «Yuventus» oilasiga xush kelibsiz! Avvalo, hozirgi his-tuyg‘ularingiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

- Rahmat! «Keksa sinyora» futbolchisi sifatida intervyu berayotganimdan bag‘oyat xursandman. Nihoyat, bolalik orzularimdan biri amalga oshdi. His-tuyg‘ular shunga yarasha, ta’riflanmas darajada.

- Nega aynan «Yuventus»?

- «Yuve»ga hamisha Italiyaning eng katta klubi sifatida qaraganman. Bolaligimda o‘yin­larini ko‘rganman - hammasi ajoyib. Hatto jamoa formasi ham. Qisqasi, «A» seriyada bundan yaxshirog‘ini topolmaysiz. Qaytaraman, «keksa sinyora» safiga qo‘shilish men uchun o‘zgacha voqelik. Endi jamoa murabbiyi bilan ishlash, tarkibdagi yigitlar davrasida shug‘ullanib, o‘ynash onlarini ilhaq kutyapman.
- Tyago Motta bilan alohida suhbatlashganingiz tayin. Sir bo‘lmasa, asosan nimalar haqida gaplashdinglar?
- Ha, murabbiy bilan ko‘rishdim, u avvalo, kayfiyatim va umumiy holatimga qiziqdi, yana qanday o‘ynashimiz, xususan, hujum harakatlari yuzasidan tushuncha berdi. Murabbiyning bunday e’tibori juda muhim, albatta. Mottaning hujumkor uslubga moyil ekanligi barchaga ma’lum - u sermahsul futbol tarafdori.
- «Yuventus»ning ilk o‘yin­larini ko‘rdingizmi? Jamoa qanday taassurot qoldirdi?
- Ha, dastlabki 2ta o‘yinini kuzatdim. Jamoa ularda 6ta gol urib, 6 ochko olgan ekan, taassurotlar chakki emas. Maydonda hujumkorlikni qadrlaydigan va mahsuldorlikni o‘z o‘rniga qo‘yadigan yaxlit kuchni ko‘rdim. Menimcha, «Yuve» chempionatda zo‘r start oldi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati