O‘zbekistonning davlat qarzi 37 mlrdga yetdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 23:16
2024 yilning birinchi yarim yilligi hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat qarzi miqdori 37 mlrd (o‘ttiz yetti milliard) dollarni tashkil qildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov parlamentdagi yig‘ilishda ma’lum qildi. Bu jami yalpi ichki mahsulotning 33,2 foizini tashkil qilmoqda.

Qarzning 30,9 mlrd dollari tashqi qarz bo‘lsa, 6,1 mlrd dollari ichki qarzni tashkil qiladi.

“Joriy yil birinchi yarmida O‘zbekiston davlat qarzi 37 milliard dollarni tashkil etdi”, – degan iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov.

Ma’lumot uchun, bir yil oldin mamlakatning tashqi qarzi 35,5 milliard dollarni tashkil etgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati