Vazirlik yordam pulidan sotib olingan qimmatbaho mashina yuzasidan izoh berdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 22:36
Avvalroq Qishloq xo‘jaligi vazirligi qimmatbaho mashina sotib olgani haqida xabar tarqalgan edi.

Ushbu xabar yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Dilshodbek Nazirov rasmiy munosabat bildirdi.

“Bularning barchasi qonuniy bo‘lgan, tender savdolariga chiqarilgan. FAO bergan loyihaning texnik shartlarida 60 ming dollar evaziga avtomobil sotib olish ham bor. Loyiha 5 yilga mo‘ljallangan va bu vaqt ichida transportdan foydalanish uchun aynan shu summa ko‘rsatilgan"

Aytib o‘tish joizki, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ushbu yordam pulini “O‘zbekistonning qurg‘oqchilikka uchragan ekotizimlarida yaylovlar va o‘rmonlarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida ajratgan, deya fikr bildirgan Dilshodbek Nazirov.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati