Kellexer: Klopp menga doimo katta ishonch bag‘ishlagan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 16:44
Irlandiyalik “Liverpul” darvozaboni Kevin Kellexer joriy mavsum yakunida jamoani tark etadigan mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp haqida gapirdi.

“Klopp har doim bizga o‘yinchilarga ishonch bag‘ishlagan. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, qanday o‘ynaganingizdan qat’iy nazar, u doimo ijobiy munosabatda bo‘ldi va bizga katta ishonch berdi.

Yurgen men bu yerda ishlagan yagona murabbiy, shuning uchun u ketganida g‘alati bo‘ladi, lekin u haqidagi xotiralar eng yoqimlisi bo‘lib qoladi", - deya Kellexerning so‘zlarini keltiradi "Liverpul" rasmiy sayti.

Kellexer 2019 yildan beri mersisaydliklar safida o‘ynab kelmoqda. Irlandiyalikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati