De Bryuyne: Tedesko yosh futbolchilarga imkoniyat berishga qaror qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 22:24
Belgiya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi va sardori Kevin De Bryuyne bugun, 6 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Millatlar ligasi 1-turida Isroil bilan bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Hujum va himoyada Isroil yangi jamoaga o‘xshaydi. Ular Yevro-2024 saralash guruhida yaxshi o‘ynashdi. Ishonchim komilki, ular bizga muammo tug‘diradi. Biz uch kun ichida ko‘p sonli o‘yin elementlarini qanday tayyorlashni bilmaymiz. Domeniko Tedesko yosh futbolchilarga imkoniyat berishga qaror qildi va bu Belgiya terma jamoasining kelajagi uchun muhim. Biz qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz. Biz guruhning favoriti emasmiz", - dedi De Bryuyne RTBF bilan suhbatda.

Belgiya - Isroil uchrashuvi Vengriyadagi "Nadyerdei" stadionida bo‘lib o‘tadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati