Kubarsi Flikka minnatdorchilik bildirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 22:18
"Barselona"ning 17 yoshli markaziy himoyachisi Pau Kubarsi "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flikga asosiy tarkibda maydonga tushirayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Ha, menda noaniqlik bor edi, chunki o‘yinlarni asosiy tarkibda boshlashimni bilmasdim, ammo murabbiy menga ishondi, buning uchun undan juda minnatdorman. U menga yanada ko‘proq ishonishi uchun 100 foiz kuchimni berishda davom etmoqchiman. U ajoyib mutaxassis, hatto maydon tashqarisida biror narsa sodir bo‘lgan taqdirda ham har doim futbolchilarga yordam berishga harakat qiladi", - dedi Kubarsi Mundo Deportivo bilan suhbatda.

Joriy mavsumda himoyachi barcha o‘yinlarda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil qiladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati