Ten Xagning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiylar nomi ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 22:16
Erik ten Xag katta ehtimol bilan "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi lavozimini tark etadi. OAVlar mutaxassisning o‘rnini kim egallashi haqidagi xabarlarga to‘la.

"Brentford" ustozi Tomas Frank va Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Garet Sautgeyt ten Xagning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiylar sifatida ko‘rsatilgan.

Ammo Bild nashrining yozishicha, "Chelsi"ning sobiq ustozi Tomas Tuxel haqiqatan ham "Manchester Yunayted"dagi lavozimga asosiy nomzod bo‘lgan.

Rayf xabariga ko‘ra, klub vakillari va murabbiy o‘rtasida muzokaralar olib borilgan va deyarli kelishuvga erishilgan. Ammo nemis bu loyihadan so‘nggi daqiqada voz kechgan. Biroq, Tomas Tuxel hali ham ishsiz ekan, "qizil iblislar" nemisga qaytishi va mavsumni yomon boshlaganidan keyin uni qo‘lga kiritish uchun yana bir taklif qilishlari mumkin.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati