Xau Nyukaslning mavsumdagi o‘yiniga baho berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 16:42
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xou joriy mavsum haqida fikr bildirdi. "Magpiylar" hozirda Premyer-liga turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinni egallab turibdi.

"Albatta, mavsum oson kechmadi. Terma jamoadagi tanaffus tiklanish uchun imkoniyatdir. Mavsum davom etar ekan, biz bir necha bor qiyinchiliklarga duch keldik. Mavsumni ijobiy natijalar bilan yakunlasak, o‘ylaymanki, ortga nazar tashlab, bu mavsum o‘sishimiz va yaxshiroq bo‘lishimizga yordam berdi. Lekin, albatta, bizga bu ijobiy yakun kerak. Biz shuni xohlaymiz", dedi Xau matbuot anjumanida.

"Nyukasl"ning navbatdagi Premyer-liga o‘yini 30 mart, shanba kuni "Vest Xem"ga qarshi bo‘ladi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati