Depay yangi klubi bilan kelishuvga erishdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 22:00
"Barselona"ning sobiq hujumchisi Memfis Depay faoliyatini Braziliyada davom ettiradi.

Ge globo nashri xabariga ko‘ra, Braziliyaning "Korintians" klubi 30 yoshli futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. Manbaga ko‘ra, hujjatlar hozirdanoq tayyorgarlik bosqichida.

Avvalroq, Depayning Braziliyadagi maoshi oyiga taxminan 400 ming yevro bo‘lishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

Niderlandiyalik futbolchining so‘nggi klubi "Atletiko Madrid" bo‘lib, u 2023 yilning yanvaridan 2024 yilning iyuligacha o‘ynagan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Depayning qiymati o‘n million yevroga teng.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati