AQSh Ukrainaga 250 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 20:54

Qo‘shma Shtatlar Germaniyadagi “Ramshteyn” aviabazasida Ukraina mudofaa masalalari bo‘yicha aloqa guruhi yig‘ilishi chog‘ida Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketini taqdim etishini ma’lum qildi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu uchrashuvda ilk bor ishtirok etyapti. Qo‘shma Shtatlar nomidan yig‘ilishda Mudofaa vaziri Lloyd Ostin qatnashyapti. Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi yordam paketi, xususan, RIM-7 Sea Sparrow havo mudofaa raketalari, Stinger MANPADS uchun raketalar, HIMARS raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar, Javelin va AT-4 tankga qarshi tizimlari va TOW tankga qarshi qarshi raketalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, paket doirasida Pentagon Kiyevga Bradley piyoda jangovar mashinalari, M113 zirhli transport vositalari, MRAP kuchaytirilgan minalardan himoyalangan g‘ildirakli zirhli mashinalar, patrul katerlari hamda 155 va 105 mm kalibrli artilleriya o‘q-dorilarini beradi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati