Realning to‘qqizinchi futbolchisi jarohat oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 18:44
"Real Madrid"ning to‘qqizinchi futbolchisi jarohat oldi.

19 yoshli himoyachi Xakobo Ramonning mushaklari shikastlangan. Yaqin kunlarda u chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Jurnailist Mario Kortegananing so‘zlariga ko‘ra, futbolchi taxminan ikki haftani o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, madridliklar tarkibida hozirda 9 nafar futbolchi jarohat olgan. Ramondan tashqari bular markaziy himoyachilar Eder Militao, David Alaba va 16 yoshli Joan Martines, chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi, shuningdek, yarim himoyachilar Jud Bellingem, Dani Sebalyos, Aureliyen Tchuameni va Eduardo Kamavinga.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati