Ozarbayjon Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilmaydi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 18:40
Ozarbayjon Ukraina bilan yaxshi munosabatlarga ega , ammo Rossiyaga qarshi sanksiyalar kampaniyasining bir qismi bo‘lmaydi. Bu haqda Italiyaning Sernobbio shahrida bo‘lib o‘tgan «Dunyo, Yevropa va Italiya haqida ma’lumotlar» xalqaro forumida mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev ma’lum qildi, deb xabar beradi Ozarbayjon davlat axborot agentligi .



Aliyev, Ozarbayjon, Rossiya va Ukraina 70 yil davomida bir davlat – SSSR tarkibida bo‘lganini va hozirgacha Rossiya va Ukraina bilan munosabatlarni juda yaxshi deb bilishini eslatdi.



«Biz Ukraina va barcha mamlakatlarning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qattiq qo‘llab-quvvatlaymiz. Ammo, shu bilan birga, biz Rossiyaga qarshi sanksiyalar kampaniyasining bir qismi bo‘lmaganmiz va bo‘lmaymiz ham», — dedi Ozarbayjon prezidenti.


U, shuningdek, Ozarbayjon, agar kerak bo‘lsa, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilishda ishtirok etishga tayyorligini ta’kidladi.

O‘sha forumda so‘zga chiqqan Aliyev, uning mamlakati Armaniston bilan tinchlik shartnomasi matnining deyarli 80 foizini kelishib olganini aytdi . Aliyevga ko‘ra, shu yo‘l bilan Janubiy Kavkazda tinchlikka erishiladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati