Rabyoning ishtahasi karnay, lekin Barselonaqiziqish bildirishda davom etmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 18:38
"Barselona" Adriyen Rabyoga qiziqishda davom etmoqda.

29 yoshli fransiyalik yarim himoyachi "Yuventus"dan ketganidan keyin erkin agent hisoblanadi va transfer oynasi yopilgandan keyin shartnoma imzolanishi mumkin.

"Barselona" Rabyoni yarim himoyadagi muammolarning yechimi sifatida ko‘rmoqda - Gavi, Mark Bernal va Frenki de Yonglar jarohati sabab maydonga tusha olmaydi. Biroq, Adriyenning onasi va agenti Veronikaning yuqori talablari tufayli shartnoma tuzish oson bo‘lmaydi.

Rabyo tomoni yiliga 10 million yevro maosh talab qilmoqda. Shu sababdan ham futbolchi haligacha klubsiz qolmoqda.

"Barselona"ga transfer amalga oshishi uchun futbolchi maoshini sezilarli darajada kamaytirishi kerak. Shu bilan birga, u kichik miqdordagi tovon puli bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashi mumkin, shunda keyingi yozda Adriyen boshqa klubga qulayroq shartlarda o‘tishi mumkin.

Kataloniyaliklar uchun yana bir variant - Rabyoni yuqori maosh evaziga qo‘lga kiritish, ammo sog‘lig‘i tufayli muhim davrni o‘tkazib yuboradigan futbolchi o‘rniga uni tarkibga kiritish. Agar De Yong jarrohlik amaliyotini talab qilsa, bu sodir bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yozda Rabyoga "Milan", "Galatasaroy", "Manchester Yunayted", "Bavariya", "Inter", "Atletiko", "Real" va Saudiyaning "An-Nasr" klublari qiziqish bildirgan edi. Biroq futbolchi bilan hali hech kim kelishuvga erisha olmadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati