Ronaldinyo Messining yordamini butun umr unutmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 18:26
Braziliyalik afsona Ronaldinyo Lionel Messining unga qilgan yordami haqida gapirib berdi.

«Messi menga qamoqdan chiqishimga yordam berganida, men ruhan butunlay singan va qiyin ahvolda edim. Minnatdorchilik bildirish uchun men uning yoniga bordim va u menga o‘zining imzosi tushirilgan «Barselona» futbolkasini sovg‘a qildi. Futbolkada uning imzosi va boshqa futbolchilarning imzolari bor edi. U menga: «Sen uni sotishing mumkin. Men aloqaga chiqqan sayt uni sendan sotib oladi» dedi.

U aytgan sayt menga qo‘ng‘iroq qilganida, «Bu do‘stimning sovg‘asi va men buni sotmayman», dedim. Men saytga futbolkani sotmoqchi emasligimni aytsam ham, ular menga pul yuborishganini ko‘rdim va ularga qo‘ng‘iroq qilib: «Nega menga pul yubordinglar? Men ahir sotmayman dedimku» deb so‘raganimda, ular: «Messi bizga shunday qilishimizni aytdi, u bizga huddi siznikidek boshqa futbolka berdi», deyishdi. Men shokka tushdim. Ko‘zimga yosh keldi, Leo men uchun qilgan ishlarini hech qachon unutmayman. Ayniqsa shuncha odam xiyonat qilganidan keyin... Leoning qalbi pok», - dedi Ronaldinyo.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati