Manchester Siti futbolchisi Saudiyaga bormaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 18:24
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Mateo Kovachich jamoada qoladi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ma’lum qildi.

Avvalroq, 30 yoshli yarim himoyachi faoliyatini Saudiyaning "An-Nasr" klubida davom ettirishi mumkinligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Manbaga ko‘ra, Kovachichning Saudiya Arabistoniga o‘tishi borasida muzokaralar olib borilmayapti.

"Ehtimol, yanvar oyida biror narsa sodir bo‘lar, lekin hozir bu sodir bo‘lmaydi va bu ma’lumot qayerdan kelgani umuman noma’lum" - dedi Romano.

Eslatib o‘tamiz, Kovachich “Manchester Siti”da 2023 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. Yarim himoyachining "shaharliklar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining narxini 30 million yevroga baholamoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati