Simeone Amrabatni Atletikoda ko‘rishni istagani ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 18:16
Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simenone jamoaga marokashlik yarim himoyachi Sofyan Amrabatni taklif qilmoqchi edi.

Jurnalist Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, avgust oyining so‘nggi haftasida Simeonening shaxsan o‘zi Amrabatga bir necha bor qo‘ng‘iroq qilgan, biroq “Atletiko” yarim himoyachini sotib olish huquqini ijara shartnomasiga kiritishni istamagan.

Natijada 28 yoshli yarim himoyachi "Fenerbaxche"ga o‘tdi, chunki jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo ham Amrabat bilan shaxsan gaplashgan. Aytish joizki, Amrabat hali yangi klubida o‘ynamagan. Transfermarkt internet portali ekspertlari yarim himoyachining narxini 22 million yevroga baholamoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati