Davron Choriyev: «O‘ylashimcha, yigitlar Braziliyaga qarshi yorqin o‘yin namoyish etishadi»

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 18:00
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Davron Choriyev Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan O‘FA matbuot xizmatiga intervyu berdi."Bugun jamoamizni muhim uchrashuv kutib turibdi. O‘ylashimcha, yigitlar Braziliyaga qarshi yorqin o‘yin namoyish etishadi. Jamoadoshlarim ushbu bahsga tayyor, deb o‘ylayman. Tarkibda yuqori texnikaga ega futzalchilar yetarlicha. Ular jahonning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi uchrashuv hamda mamlakatimiz mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qila olishadi.Og‘ir jarohatdan tiklanish jarayoni yaxshi kechmoqda. Afsuski, xuddi men singari asosiy darvozabonimiz Ravshan Eliboyev, shuningdek, yetakchi futzalchilarimiz Sunnatulla Jo‘rayev va Anasxon Rahmatov ham jarohat sababli tarixiy mundialda ishtirok eta olishmaydi. Biroq jamoamizni qo‘llab-quvvatlaymiz, murabbiylarimiz va futzalchilarimizga ishonamiz. Olg‘a O‘zbekiston!", — dedi Choriyev.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati