Manchester Siti va Liverpul London klubi futbolchisi uchun kurashadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 17:40
"Manchester Siti" va "Liverpul" kelasi yozda yarim himoyachi uchun transfer bozorida kurashishi mumkin. Gap "Kristal Pelas" futbolchisi Adam Uorton haqida ketmoqda.

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi "Manchester Siti" va "Liverpul"ning nishonida. Qayd etilishicha, "Manchester Siti" Rodrining ketishi ehtimolini inobatga olgan holda Uorton nomzodini o‘rganmoqda. So‘nggi paytlarda ispaniyalik futbolchining "Real"ga o‘tishi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Transfermarkt portali Adam Uortonni 30 million yevroga baholamoqda. Yarim himoyachi joriy yilning fevral oyida "Blekbern"dan "Kristal Pelas"ga ko‘chib o‘tgandi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati