Lester ayollar murabbiyi futbolchi bilan munosabati tufayli iste’foga chiqarildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 11
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 16:06
Villi Kirk jamoa o‘yinchilaridan biri bilan munosabati tufayli "Lester"dan haydaldi.

"Lester" ayollar jamoasi bosh murabbiy Villi Kirkni ayol futbolchi bilan munosabati tufayli iste’foga chiqardi.

Avvalroq, 45 yoshli murabbiy tergov jarayonida klub bilan ishlashdan chetlashtirilgan edi.

"Uilli klubning axloq kodeksini buzgani aniqlandi, uning bu lavozimdagi faoliyati endi maqbul emas", - deyiladi "Lester" bayonotida.

Klub Kirk buzgan axloq kodeksi 2023/24 yilgi mavsum oldidan joriy qilinganini aytdi. Kodeks klubning futbolchilar, murabbiylar va texnik xodimlar o‘rtasida ayollar futbolida professionallikni oshirishga qaratilgan majburiyatlarining bir qismini tashkil etadi.

BBC xabariga ko‘ra, Kirkni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi qaror ayollar futbolidagi futbolchi va murabbiy munosabatlari qizg‘in tekshirilayotgan bir paytda qabul qilingan.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati