Gallaxer: Men Mareskaning tizimiga mos kelmadim deb o‘ylamayman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 17:34
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Konor Gallaxer Londonning "Chelsi" klubini tark etishi haqida gapirdi.

"Men Enso Mareskaning tizimiga mos kelmadim deb o‘ylamayman. Har bir o‘yinda maydonga tushganim uchun mavsumni yaxshi o‘tkazdim. Pochettino menga ishondi", - dedi Gallaxer Daily Mail bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakunlangach, “Chelsi” rahbarlari Maurisio Pochettinoni bosh murabbiylikdan bo‘shatib, uning o‘rniga Enso Mareskani tayinlashga qaror qilishgandi. 24 yoshli futbolchi "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan yozda yarim himoyachi "Atletiko"ga o‘tgan edi. Angliyalik futbolchining transferi "matraschilar"ga 42 million yevroga tushdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati