Paralimpiadada navbatdagi oltin medal! Tolibboy Yo‘ldoshev disk uloqtirishda katta farq bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 16:26
Parijdan yana bir xushxabar. Para yengil atletikachimiz Tolibboy Yo‘ldoshev O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga to‘qqizinchi oltin medalni taqdim qildi. F37 klassida disk uloqtirish sektorida ishtirok etgan yurtdoshimiz 57.28 metr natija bilan faoliyatidagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. Tolibboy ta’qibchilarini katta farq bilan ortda qoldirdi. Ikkinchi o‘rindagi kanadalik sportchining eng yaxshi urinishi 53,24 metr bo‘ldi.Ushbu muvaffaqiyatdan keyin O‘zbekiston delegasiyasi hisobidagi medallar hozirgacha 9 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronzaga yetdi.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati