Bo‘stonliqda noqonuniy «Baliqchilik» tashkil qilingani aniqlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 15:08

Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida «G‘.D.P.» fermer xo‘jaligi tomonidan Bo‘stonliq tumani hokimining tegishli qaroriga asosan tumanning «Pargos» massividagi davlat zaxira yerlari tarkibidan «G‘alla-sabzavot-bog‘dorchilik» yo‘nalishida ijara huquqi asosida o‘ziga ajratib berilgan 24,7 gektar yer maydonining 2,44 gektar tutzor qismida sun’iy «Baliqchilik» tashkil qilinganligi aniqlandi.

⚠️Fermer xo‘jaligi tomonidan «Baliqchilik» tashkil qilinganligi natijasida qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yer maydoni noqishloq xo‘jaligi toifasiga o‘tib ketishiga sabab bo‘lgan.

✔️Holat yuzasidan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan to‘plangan materiallar Qo‘shma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilishi ta’minlandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati