Man Siti va Real bir-birining yulduz futbolchilarini nishonga oldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 11:52
"Manchester Siti" "Real" hujumchisi Rodrigoga qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, "qirollik klubi" ham o‘z navbatida "shaharliklar" tayanch yarim himoyachisi Rodri Ernandesni o‘z safida ko‘rmoqchi.

Todofichajes so‘zlariga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erisha olsa, ikkala bitim ham kelasi yil yakunlanishi mumkin. Rodrining transfer qiymati 130 million yevroga baholangan, Rodrigoning narxi esa 110 million.

Ispaniyalik yarim himoyachining Angliya chempioni bilan 2027 yilning o‘rtalariga qadar shartnoma majburiyatlari bor. Braziliyalik forvardning "Los-Blankos" bilan shartnomasi 2028 yilning yozida yakuniga yetadi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati