Acherbi: “Odamlar menga 10 yillik qamoqdan keyin ozod etilgandek munosabatda bo‘lishdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 15:46
Franchesko Acerbi irqchilik mojarosi haqida gapirdi.

"Napoli"ning "Inter"ga qarshi o‘yinidan so‘ng Joaan Jezus "neradzurri" himoyachisini irqchilik so‘zlarini ishlatganlikda aybladi. Seshanba kuni sport sudi hakami italiyalikning aybi isbotlanmagan degan qarorga keldi.

“Men xafaman: bu barchamiz yutqazgan voqea. Men oqlanganimda odamlarning o‘n yillik qamoqdan so‘ng ozodlikka chiqqandek munosabatda bo‘lganini ko‘rdim. Bu vaziyatdan chiqqanimdan juda xursandman, bu juda og‘ir kunlar edi.

Endi hukm bor ekan, o‘z fikrimni bildirmoqchiman. Menda Jezusga qarshi hech narsa yo‘q, aslida hammasi aksincha, chunki unga achinaman. Lekin o‘yin o‘rtasida bir so‘zni noto‘g‘ri tushunib, kimnidir irqchi deb atash mumkin emas.

Vaziyatdan, hamma hech narsani bilmagan holda bizni ayblay boshlaganidan afsusdaman. Oqlanganimdan keyin ham o‘zimga nisbatan kuchli g‘azabni sezdim, go‘yo men birovni o‘ldirgandekman", — dedi Acherbi Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati