WBA Ahmadaliyev — Inoue jangiga yana bir bor buyruq bergani aytildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 5
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 11:14
"Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Xirn o‘zbekistonlik mijozi Murodjon Ahmadaliyev oxir-oqibat yaponiyalik Naoya Inoue bilan jang qilishi kerakligini aytmoqda.

"Ikkinchi eng yengil vazn toifasida Inoue uchun yagona jang qoldi. Bu haqiqiy jang bo‘ladi! WBA jangni belgiladi... vaqti keldi!", - deb yozdi Xirn.

Mazkur vazn toifasida WBC, WBO, IBF, WBA (Super) kamarlarini egallab turgan Inoue 3 sentyabr kuni avstraliyalik Ti Jey Doxenini yettinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.

Hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyev ayni damda WBA yo‘nalishi bo‘yicha Naoya uchun majburiy da’vogar hisoblanadi. WBA tashkiloti avvalroq ham bu ikki bokschining jangi uchun rasman buyruq bergan, ammo o‘shanda tomonlar kelishuvga erisha olmagan edi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati