MIBga ijro uchun taqdim etiladigan hujjatlar ilovasiga o‘zgartirishlar kiritildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 4
- Формат: mp4
- Дата релиза: 06-09-2024, 10:14
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 8-3-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 2-1-band bilan to‘ldirildi va unga ko‘ra, iste’mol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi ariza vakolatli organga yoki mansabdor shaxsga berilguniga qadar qarzdor jismoniy shaxs energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi lozim bo‘ladi.
Xuddi shuningdek, Fuqarolik prosessual kodeksi 173-moddasi (Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar) quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirildi:
Bundan tashqari, qonun bilan, qarzdor jismoniy shaxslardan pochta xarajatlarini undirish to‘g‘risidagi sud hujjatlariga nisbatan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanilmoqda.