Skaloni: Uchrashuv natijasi adolatli deb o‘ylayman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 10:02
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni JCH-2026 saralashi doirasidagi Chiliga (3:0) qarshi o‘yin natijalarini sarhisob qildi.

"O‘yin qiyin kechdi, birinchi bo‘lim oxiri biz uchun unchalik yaxshi bo‘lmadi. Tanaffusda gaplashib, vaziyatni to‘g‘irladik. Uchrashuv natijasi adolatli deb o‘ylayman.

Biz yaxshi o‘ynadik, lekin har doim yaxshilanadigan narsa bor. Biz futbolchilarni jamoaga kerakli pozisiyalarda ko‘ramiz. Bugun Alexandro Garnacho hammasini yaxshi bajardi, u bizga ko‘p narsa bera oladigan ajoyib futbolchi", - deya Skaloni so‘zlarini keltiradi terma jamoa matbuot xizmati.

Keyingi o‘yinda Argentina 10 sentyabr kuni Kolumbiya bilan uchrashadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati