Barselona muxlislarga futbolkalarni tarixdagi eng qimmat narxlarda sotmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 09:04
"Barselona" klubi rasmiy saytida jamoaning yangi mehmon libosidagi futbolkani 114,99 yevroga sotmoqda. Boz ustiga, agar “blaugrana” muxlisi futbolkasiga o‘z ismi va raqamini yozmoqchi bo‘lsa, 184,99 yevro to‘lashi kerak bo‘ladi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, bu narxlar Kataloniya klubining yangi futbolkasini tarixdagi eng qimmatga aylantiradi.

Ta’kidlanishicha, masalan, "Real Madrid" futbolkasining asosiy versiyasi "Barselona" futbolkasidan 15 yevroga arzonroq. Biroq nomi va raqami yozilgan futbolka ham “Qirollik klubi” muxlislariga 184,99 yevroga tushadi.

Ispaniya Primerasining to‘rt turidan so‘ng “Barselona” 12 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinda bormoqda.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati