Rossiyadagi migrantlar raqamli profil yordamida nazorat qilinadi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 15
- Формат: mp4
- Дата релиза: 29-03-2024, 15:38
Rossiya Federasiyasidagi muhojirlarning hayotini to‘liq nazorat qilish rejalari rossiyalik ish beruvchilar orasida ularga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirmaydi.
Rossiya Federasiyasiga yashash va ishlash uchun kelgan migrantlar raqamli profilga ega bo‘ladi. Bu haqda kecha tunda Davlat dumasi spikeri o‘rinbosari Sergey Neverov o‘zining Telegram-kanalida «Yagona Rossiya» fraksiyasining bosh vazir Mixail Mishustin bilan uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi. «Mehnat migrasiyasi masalasi ko‘tarildi. Mavzu og‘riqli, ammo ehtiyotkorlik va o‘ylangan yondashuvni talab qiladi. Ishga kelgan shaxsning raqamli profili yaratiladi. Qayerga ko‘chiydi, ruxsatnomalari qachon tugaydi, qayerda, kim bilan yashaydi. Har qanday boshqa ishga o‘tish, ishdan bo‘shatish – hammasi nazorat ostida bo‘lishi kerak», — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, rasmiylar migrasiya ustidan nazoratni kuchaytirish masalasini joriy yilning 22 mart kuni Crocus City Hall’dagi teraktdan so‘ng muhokama qila boshlagan – dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyadan Rossiyaga uchib kelgan Tojikistonning bir necha rezidenti buni sodir etgan. . Ushbu hafta davomida huquq-tartibot idoralari Rossiya shaharlari ko‘chalarida, shuningdek, muhojirlar ishlayotgan korxonalarda, xususan, Moskva viloyatidagi omborlarda tasodifiy hujjatlarni tekshirishni boshladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada turli hujjatlar va hukumatlararo kelishuvlar asosida kirgan turli huquqiy maqomga ega 7 milliondan 10 milliongacha (aholining 5–7 foizi) migrantlar bo‘lishi mumkin.