Bellingem Realdagi birinchi yili haqida mini-serial olganini e’lon qildi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 06-09-2024, 08:42
"Real Madrid"ning 21 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida YouTube kanali ochilganini e’lon qildi. 12 sentyabrdan boshlab u jamoadagi birinchi yili haqida hikoya qiluvchi videolarni joylashtiradi.

Bellingem yil davomida turli lahzalarni suratga olganini ta’kidladi. Mini-serial to‘rt qismdan iborat bo‘lib, ularning har biri haftada bir marta chiqariladi.

"Umid qilamanki, sizga videolar yoqadi va obuna bo‘lishni unutmang", deb yozdi Bellingem.

Yarim himoyachi 2023 yilning yozida Dortmundning "Borussiya"sidan "Real"ga o‘tgan edi. Bu davrda u barcha turnirlarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati